February 2, 2023

🇺🇿 O'zbekcha: Before You Write

Iltimos, chatda shunchaki salom bermang! Agarda siz savolga to'g'ri o'tsangiz, ikkovimiz uchun ham vaqtni tejagan bo'lasiz!

12:32 siz: Salom + 12:32 men: Salom. ⏳ SAVOLNI BERISHINGIZNI KUTYAPMAN
12:34 siz: Men [narsa] ustida ishlayapman va [va hokazo...] qilishga harakat qilyapman + 12:35 men: Oh, bu [javob...]

Uning o'rniga shunday qiling:

12:32 siz: Salom — Men [narsa] ustida ishlayapman va [va hokazo...] + 12:33 men: [savolga javob berdim]

💡 E'tibor bergan bo'lsangiz, siz tezroq javob olyapsiz, va men ham kutmayapman. Shunaqa qilib, men savolingiz haqida hoziroq o'ylashni boshlay olaman!

Siz shaxsiy suhbatda yoki telefonda gaplashayotgan paytda qilayotganizdek, savolga to'g'ridan-to'g'ri o'tmay, odobli bo'lishga harakat qilyapsiz.. Ammo gurux bularning hech biri emas. Yozish gapirishga qaraganda ancha sekinroq. Odobli bo'lish o'rniga, siz boshqa odamni kutishga majbur qilasiz va unumdorlikni yo'qotadi.

Xuddi shu narsa «Salom — shu yerdamisiz?», «Salom Bob — tezkor savolim bor edi», «Bir soniyangiz bormi?» , «Shu yerdamisiz?» va «ping».

❗️ Shuning uchun, to'g'ridan-to'g'ri savolga o'ting!